Yangiliklar bo’limi yangilandi
Yirik
o’txo’r hayvonlar jamg’armasi tomonidan LHF CA / UZ – 002 raqami
ostidagi “Morxo’rni yo’qolib ketishdan saqlash” nomli loyiha qabul
qilindi va ma’qullandi. Xozirgi kunda mazkur loyihani amalga oshirish
jarayoni olib borilmoqda.
Saytimizda
yangiliklar sahifasi yangilandi. Bu yerda O'zbekistonda ro'y bergan
so'nggi ekologik voqealar haqida suratlar bilan bezatilgan axborotga
ega bo'lasiz.
Shuningdek,
yangiliklar sahifasida «Chinor ENK» ekologik-nashriyot kompaniyasi
xodimlari qatnashgan seminar, ko'rgazma, jamoatchilik aksiyalari va
boshqa tadbirlar bilan tanishasiz. .>> o'tmoq >>
Bolalar
ekojurnalistikasini mamlakatda qo'llab-quvvatlash va ekologiya bo'yicha
eng yaxshi nashrlarning yosh mualliflarini rag'batlantirish maqsadida
Ekologikjurnalistika
bo'yicha
milliy ko'rik-tanlov Tashkiliy qo'mitasi "Ekologiya xabarnomasi"
jurnali bilan hamkorlikda hamda davlat tabiatni muhofaza qilish
organlari, xalqaro va jamoat tashkilotlari qo'llab-quvvatlashi ostida
2007 yilda bolalar ekojurnalistikasi bo'yicha ko'rik- tanlov o'tkazmo q
da. >>o’tmoq>>
«Ekologiya
xabarnomasi» jurnalining 2007 yildagi yettinchi soni bosmadan chiqdi.
Ta’kidlash joizki, jurnalning har bir soni mushtariylarni turfa axborot
bilan tanishtirishga intilmoqda. Ushbu maqolalarning asosiy jihati
ularning dolzarbligi va sifatliligidir. “Ekologiya xavfsizligi” rukni
“Toza havo” operatsiyasi natijalari bilan tanishtiradi. Ushbu tadbir
respublikaning barcha viloyatlarida Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari organlarining
yordamida va qo‘llab-quvvatlashida amalga oshirildi. Mazmuni va
bajarilgan tadqiqotlar ma’lumotlari bo‘yicha “Amaldagi loyiha” rukni
ostida berilgan “Ukkilar – 2007 yil qushlari” nomli, “Tabiat og‘ushida”
rukni ostida berilgan “G‘arbiy Tyanshanning O‘zbekistonga taalluqli
yerlarida uchraydigan qo‘ng‘ir ayiq” nomli maqolalar noyobligi bilan
ajralib turadi. Ushbu va boshqa maqolalar nafaqat ekolog mutaxassislar,
balki keng mushtariylar ommasi uchun ham qiziqarli bo‘lishi tabiiy.
>>o'tmoq>>
Ekologiya
bo’yicha turli elektron (multimedia ham) va bosma nashrlar, shuningdek
ekologiya sohasida faoliyat yurituvchi har xil tashlkilotlar
manzillari. Mazkur bo’lim tashkilotlar faoliyati haqida tezkor ma’lumot
olishga hamda (ushbu saytda topa olmagan taqdirda) qo’shimcha
ma’lumotni topishga imkoniyat beradi. Mazkur bo’lim doimo to’ldirib
boriladi va agar tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qiziqarli manbaga
ega bo’lsangiz econews@sarkor.uz manziliga yuborishingiz mumkin. >>o’tmoq>>
|